Adriano: "Manchester Siti" va "Chelsi"ga o'tishim mumkin edi, ammo Mourinyu tufayli "Inter"da qolganman"

Aslanov Jasurbek
26 dek 2018, 13:42
"Inter" sobiq hujumchisi Adriano Joze Mourinyuning uning faoliyatidagi roli haqida gapirib berdi.

"Mourinyu "Inter"ga kelganida men "Manchester Siti"ga o'tmoqchi edim, ammo u meni qolishga va taslim bo'lmaslikka ko'ndirdi. Murabbiy meni o'z jamoasida ko'rishni istadi. O'sha yillarda "Siti"dan tashqari "Chelsi" ham menga qiziqqan, ammo "Inter"ni tanladim. Bir necha oy o'tib bu ro'yxatga "Real" qo'shildi, biroq transfyerdan voz kechdim" - deydi Adriano.

Adriano 2001-2009 yillarda "Inter" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DAZN