Adriano Korreyya "Barselona"da qolishga qaror qildi
Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2015, 20:27
El Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, "Barselona" futbolchisi Adriano Korreyya shartnomasi oxirigacha kataloniyaliklar safida qolmoqchi.
Avvalroq esa, futbolchi qishda "Roma"ga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, u shartnomasini oxirigacha, yani 2017 yilning yozigacha klubda qolishga qaror qildi.