Adriano Galliani: “Allegri va Balotelli “Milan”ni tark etishmaydi”

7 yanv 2014, 12:21
“Milan” klubi vice-prezidenti Adriano Galliani, “rossoneri”lar hujumchisi Mario Balotellining klubni tark etishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

- Men haqiqatdan ham Braziliyada Klarens Zeedorf bilan ko'rishdim, chunki biz u bilan do'stmiz. Allegriga keladigan bo'lsak, biz u bilan 4 yildan beri ishlaymiz va shu sababli hozircha bir qarorga kelishimiz qiyin bo'ladi. Keyinchalik nima bo'lishini mavsum oxirigacha bilib olamiz. Balotelli? U shubhasiz jamoada qoladi, - Gallianining so'zlarini keltiradi Sportmediaset.


Manba: football.kulichki.net