Adam Jonson qamoqda islom dinini qabul qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2017
"Sanderlend" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi, hozirda qamoqda o'z jazosini o'tayotgan Adam Jonson islom dinini qabul qilishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, qamoqda uni kameradoshlaridan himoya qilayotgan musulmonlar guruhi bunga sabab bo'lishi mumkin.

Oldinroq, Jonson uni qamoqda o'ldirishmoqchi ekanligini aytib, qamoqxona rahbariyatiga murojaat qilgan edi. Jazoni o'tayotganlardan biri sobiq futbolchini qo'lbola pichoq bilan o'ldirishmoqchi ekanligini aytgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun