"Portu" hujumchisi Vensan Abubakar Portugaliya chempionatining 6-turi doirasida "Tondela"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda jiddiy jarohat oldi.
"Ajdarlar" rasmiy saytining xabar berishicha, kamerunlik futbolchining tizzasida jiddiy muammolar paydo bo'lgan. Katta ehtimol bilan u operaciya qilinadi. Uning tiklanib, safga qaytishi uchun yarim yil vaqt kyetishi aytilmoqda.