Abubakir Shukurullaev: "Bunchalik tez imkoniyat berishadi deb o'ylamagan edim"

Iskandarov Abdulaziz
27 yanv 2026, 08:25
"Paxtakor" bu safargi yig'inda U-21 jamoasi bilan ketma-ket chempionlikni qo'lga kiritayotgan tarkibning negizi bilan ishtirok etmoqda.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Jahon chempionatida qatnashgan Abubakir Shukurullaev ham "sherlar" safida mashg'ulot olib bormoqda. U klub matbuot xizmatiga yig'in taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men bunchalik tez asosiy tarkibda imkoniyat berishadi deb o'ylamagan edim. Buning uchun jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabiga rahmat aytaman. Afsuski ikkita o'yinda g'alaba qozona olmadik. Murabbiylarimiz biz yoshlarni sinab olaman deb har ikki taymda ko'plab do'stlarimni maydonga tushiryaptilar. Ayrim vaziyatlarda tajriba yetishmayapti. Lekin shunday o'ynab tursak, biz ham albatta o'zimizni jamoada ko'rsatishishimizga ishonaman", - deydi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'lgan yarim himoyachi.

- Kattalar bilan o'ynash qanday ekan?

- Hojakbar aka Alijonov qanotida o'ynagan futbolchi to'g'ri oldinga ochilsa bo'ldi ekan. O'zlari oyoqqa "joylab" qo'yarkanlar to'pni. Sherzod aka Nasrullaev ham shunaqa. Umuman olganda men va do'stlarimni hamma yoshi katta o'yinchilar ukalaridek qarayaptilar. Endi Superligada debyut qilish uchun mehnat qilishimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати