Abraxam Mourinyudan biror marta maqtov eshitmaganini aytdi

Оқил Абдубарноев
19 sen 2022
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam klub ustozidan hech qachon maqtov eshitmaganini aytdi.

24 yoshli futbolchi o'tgan yozda "Chelsi"dan 34 million funt sterling evaziga "Roma"ga o'tgandi.

Hujumchi Italiyadagi ilk mavsumida barcha musobaqalarda 53 o'yinda 27 ta gol urishga erishdi.

Shuningdek, u "Roma" bilan Yevropa Konferenciyalar ligasining ilk chempionligini qo'lga kiritishda ajralmas rol o'ynadi.

Ammo yaqinda Abraxam Mourinyudan hech qanday maqtov eshitmasligini aytdi.

Daily Mail nashriga bergan intervyusida u shunday dedi: "Mourinyo futbolchilarni boshqarish bo'yicha eng yaxshi murabbiylardan biri sanaladi.

U o'yinchilar bilan qanday gaplashishni biladi. Masalan, u menga qanchalik yaxshi harakat qilayotganimni hech qachon aytmaydi".


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail