Abraxam Mourinyu haqida: "U menga huddi amakimdek"

Aslanov Jasurbek
26 dek 2022
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu haqida fikr bildirdi.

Abraxam intervyu davomida Mourinyu Portugaliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligiga oid xabar haqida ham to'xtaldi.

"U ajoyib murabbiy va albatta hamma uni o'z jamoasida ko'rishni xohlaydi. Portugaliyadek yirik terma jamoa unga qiziqayotgani men uchun sharaf. Joze bor e'tiborini "Roma"ga qaratganiga ishonchim komil. Biz ko'plab yangiliklarni o'qidik, ammo bu haqida gapirganimiz yo'q, Mourinyu esa bizni doimo futbolchi sifatida o'sishga chorlaydi.

U huddi amakimdek. Jozeni doim shunday inson sifatida tasavvur qilganman. U meni har sohada ruhlantira oladi.

Mourinyu menga yomon o'ynayotganimni ayta oladi, yaxshi o'ynasam ham qoniqmaydi. Aynan shu narsa menga kerak" - deydi Abraxam.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal