Abramovich nima sababdan "Tottenxem"ni sotib olmagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
13 apr 2020
"Chelsi" sobiq direktori Mark Teylor o'z vaqtida Roman Abramovich nima sababdan "Tottenxem" xo'jayini bo'lishni istamagani haqida gapirdi.

"Chelsi" bilan muzokaralardan oldin Abramovich Daniel Levi bilan uchrashgandi. U Romanga "Tottenxem"ning 29,9 foiz akciyalarini sotmoqchi bo'lgan. Biroq Abramovich klubni bir yo'la sotib olib, to'laqonli nazoratga olishni istagan.

"Chelsi" esa 18 oy davomida investor qidirish bilan band edi. Ko'plab omadsiz muzokaralardan keyin Abramovich klubga jiddiy davogar bo'ldi. Umuman olganda uni hech kim tanimasdi, shu sababli yuristlar uni "Forbes" jurnaliga kirgizishdi. Abramovich milliarderlar ro'yxatida 15-o'rinni egalladi. Bu esa klubning oldinga katta qadam tashlashi uchun xizmat qildi", - dedi Teylor "The Athletic" nashriga.

Roman 2003 yilda "Chelsi" xo'jayiniga aylangandi. Oradan 2 yil o'tib, jamoa Joze Mourinyo boshchiligida 50 yil kutilgan APL chempionligiga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic