

Qur'a marosimidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlari bilan bo'lishdi:
- Qur'a marosimi odatdagidek o'tdi. Birinchi turni safarda, yana Termizda o'tkazishni yaxshi tomoni shuki, hali shahar issiq bo'lmaydi. Bunisi biz uchun yaxshi. Ikkinchi turni o'z maydonimizda Mashalga qarshi o'tkazamiz. Biz uchun hammasi joyida. Mavsumni qanday natijalar bilan boshlashimizni vaqt ko'rsatadi. (kulib) Agar g'alabalar qozonsak, demak qur'a biz uchun omadli kelgan hisoblanadi, mabodo yuta olmasak, omadsiz qur'a, deymizda.


