Abramov Humoyun Murtozaevni milliy terma jamoaga chaqirdi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2019, 19:01
O'zingizga ma'lumki, 14 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidagi navbatdagi tur uchrashuvida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

19 noyabr kuni esa Falastinga qarshi bahs olib boradi.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga “Nasaf” futbol klubing 3 nafar vakili taklif qilindi. Bular – Azizjon G'aniev, Sharof Muhitdinov va Humoyun Murtozaev.

Bundan tashqari "Nasaf" massajchisi Andrey Bezborodov ham 2 noyabrdan 20 noyabrga qadar milliy terma jamoa ixtiyorida bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz