Abidal Gvardiolaning "Barselona"dagi janjali haqida gapirib berdi

Aslanov Jasurbek
25 noya 2017, 16:07
"Barselona" sobiq himoyachisi Erik Abidal Kataloniya klubida o'ynagan paytlari bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan bo'lgan janjali haqida aytib berdi.

"Boshidan Gvardiola bilan munosabatlarimiz yaxshi bo'lmagan. Bir kuni u yonimga kelib, Anri bilan francuzchada gaplashishni to'xtatishimni so'radi. Men esa quyidagicha javob qaytardim: "Men bilan bunday gaplashmang, yosh bola emasman. Agar Anri bilan francuzchada gaplasha olmasam, unda nega kataloniyaliklar katalonchada suhbatlashishmoqda?" Vaziyat yomonlashdi. Bu sabab tufayli prezident bilan uchrashdim va unga vaziyatni tushuntirdim" - deydi Abidal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca