Abduxoliqov "Xayduk" safida debyut qildi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014
Kecha Xorvatiya chempionatining 24-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
"Xayduk Split" o'z uyida "Slaven Koprivnica"ni qabul qilib yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Temurxo'ja Abduxoliqov 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu hamyurtimizning yangi klubi safidagi debyut o'yini bo'ldi.

"Xayduk" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 50taga etkazib oldi. Jamoa hamon ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Xayduk Split" - "Slaven Koprivnica" 3:0
Gollar:
Andriyashevich 5, Maglica 29, 66.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia