

Terma jamoa ustozi Samvel Babayan ushbu yig'inga 23 nafar futbolchini chaqirgan. Ular orasida "Lokomotiv" klubi sobiq o'yinchilari Server Jeparov va Temurxo'ja Abduxoliqov ham o'rin olgan edi. Biroq ikkala futbolchi endilikda legionerga aylandi va terma jamoaning BAAdagi yig'inida ishtirok eta olishmaydi. Sababi yanvar oyida FIFA kunlari yo'q.
Samvel Babayan shogirdlari yig'in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi.
Ma'lumot uchun, "Al Sayliya" 20 yanvar kuni Qatar Yulduzlar ligasi doirasida o'z uyida "Umm Salal"ni qabul qiladi. "Istiqlol" esa 22 yanvar kuni Eron pro ligasi doirasida "Sanat Naft Abadan" mehmoni bo'ladi.




