Abduxoliq Qurbonov: “Derbida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi”

Alisher
24 may 2022, 17:15
Pro liganing 9-turi doirasida Mashal - Sho'rtan (0:2) uchrashuvidan keyin g'uzorliklar himoyachisi Abduxoliq Qurbonov fikrlariga quloq tutdik.

Qurbonov mazkur bahsda ikki marotaba penaltidan gazchilar darvozasini ishg'ol qildi. 

“Bugun shiddatli va murosasiz bahs bo'lishini bilardik. Chunki bu derbi hisoblanadi. Bu bahsda murosasiz o'yin bo'lishi oldindan ma'lum edi. Derbida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. 

Ikki marotaba penaltini amalga oshirdim. Albatta, bunday pallada futbolchida hayojon bo'ladi. Xudoga shukr, yuzim yorug' bo'ldi va bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, jamoaga yordam berdim. 

Biz har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Ammo yaxshi o'ynab ham yutqazib qo'ydik. Futbolda natija muhim hisoblanadi. Afsuski, “Sho'rtan”da shunday holat kuzatildi. 

Mavsum boshida rahbariyat klub oldiga 5-o'rinni qo'lga kiritish vazifasini qo'ygan. Biz jamoamiz bilan hamjihatlik bilan buni bajarishga urinamiz. Oldimizda o'yinlar ko'p. Natijalarimizni ijobiy tomonga o'zgartirishga va muxlislarimizni yanada xursand qilishga intilamiz", - deydi Abduxoliq Qurbonov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia