Abduvohid Ne'matov: "Endi bor e'tiborni Superligaga qaratib, titulni qo'lga kiritmoqchimiz"

Eldor Akmurzayev
31 okt 2022, 08:10
O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne'matov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugungi o'yinga ikkala jamoa ham yaxshi tayyorlangandi. Bu kubok ortida Chempionlar Ligasi yo'llanmasi turgandi. Bundan tashqari, adashmasam “Navbahor” ham 24 yil deganda musobaqa finaliga chiqdi. Kubokda biz ko'proq o'yin o'tkazgandik, o'tgan yili titulni qo'lga kiritgandik. Kubok finalida o'ynadik, OCHL pley-offida Dubayda “Baniyas” bilan bahs olib bordik. Katta o'yinlarga tayyor edik. Eng asosiysi g'olib bo'ldik. Endi Xudo xohlasa chempionatda uchta uchrashuv qoldi, bor kuchimiz va borimizni shu o'yinlarga berib, Inshoolloh kubokni ko'tarish nasib etsin”, deydi “ajdarlar” kiperi.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia