Abdusamad Do'rmonov: "Iftixor"ning vazifasi PRO-Ligada sovrinli o'rinlarga ega chiqish"

Narzulla Saydullayev
3 may 2018, 08:52
“Iftixor” - “Lokomotiv BFK” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov “Championat.asia” saytiga intyervyu byerdi.

- Bugungi qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz.  Bugungi qiyin o'tgan uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Rahmat tabrik uchun! Bizda hozir qiyin taqvim, har to'rt kunda uchrashuv o'tkazyapmiz,  lekin bu futbolchilarga jismoniy jihatdan qiyinchilik byersa, ruhiy tomondan muntazam futbol havosi bilan yashash ularga qo'shimcha ishtiyoq byeradi. Futbolchilarni har bir o'yinga alohida yondashgan xolda tayyorlash kyerak. Jamoamiz PRO-Liga debyutanti hisoblanadi, tarkibimiz yangi yig'ilgan, jamoa futbolchilari bir-birlarini to'liq tushunib olishlari uchun bir oz vaqt kyerak. Bizni yutug'imiz jamoamizda tajribali futbolchilar borligi deb o'ylayman, chunki ularning tajribasi bizga hozirgi kunda juda zarur. Biz futbolchilarga boshida aytdik, har bir o'yin bugungi o'yin kabi qiyin bo'ladi, chunki futbolimizga bugungi kunda yangicha yondashuv kirib keldi, ko'rib turibsizlar,  bu yilgi chempionatlarimiz keskin kurashlarga boy bo'lmoqda. Bizning klubga katta vazifa qo'yilgan. O'yinlar har bo'ladi, lekin biz har bir uchrashuvga g'alaba uchun chiqishimiz kyerak.          

- Jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'yilganligini aytib o'tdingiz, shunday bo'lsa kelajakda muxlislar “Iftixor” klubidan  yana nimalarni kutishlari mumkin?    
- “Iftixor” - yangi jamoa, bilasizlar klubimiz O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligiga olingan. Bizning vazifamiz PRO-Ligada sovrinli o'rinlarga ega chiqish, jamoani sekin-sekin kuchaytirib borgan xolda Supyerligaga olib chiqish, albatta buning uchun bir oz vaqt zarur bo'ladi. Biz futbolchilarmizga doim aytamiz, qanchalik yaxshi o'yin ko'rsatsak, muxlislarimizni ishonchiga kirib boramiz, buning natijasida klubimiz yanada rivojlanadi, asosiysi biz ko'zlagan maqsadlarimizga erishamiz.                

- Keyingi paytlarda “Iftixor” jamoasini tajribali futbolchilar Mansur Saidov va Shyerzod Hakimovlar tark etganligi haqida xabarlar tarqaldi. Shu masalaga oydinlik kiritib o'tsangiz...
- Yo'q, hozircha bu noma'lum masala. To'g'ri, ular hozir rostdan ham jamoamizda yo'q, ular vaqtincha dam olishmoqda. Biz mavsum boshida ularni tajribasi asqotishini bilgan holda jamoaga taklif qilgandik, ular bizga hali ham kyerak. Lekin avval ular bilan bu borada gaplashib olishimiz kyerak, gaplashib ko'rganimizdan keyin masalaga oydinlik kiritish mumkin.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia