

Bo'rievning "Olimpik" bilan shartnomasi 2024 yil oxirigacha edi. Shu bois "sherlar" uning transferini sotib olishmoqda. Bu haqda Narzulla Saydullaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, oldinroq Bo'rievga "So'g'diyona", "Navbahor", "Neftchi", "Bunyodkor" va "Qayrat" (Qozog'iston) kabi klublar qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Eslatib o'tamiz, Bo'riev joriy mavsum Superliga doirasida 21 uchrashuvda maydonga tushdi.



