Abduqodir Husanovning transfer narxi oshdi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning Transfermarkt portalidagi transfer narxi 2.5 million evroga etdi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lumot berdi.

Bunga qadar uning narxi 2 million evro edi.

Avvalroq Abduqodir Husanov harakat qiladigan "Lans" klubida bosh murabbiy Frank Ez jamoadan ketgandi. Keyinroq jamoaga kim murabbiy bo'layotgani ma'lum bo'lgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfermarkt