Abduqodir Husanov "Reyms"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi!

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023, 21:00
Bir necha soatdan so'ng Fransiya chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Lans" – "Reyms" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Lans" matbuot xizmati O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Abduqodir Husanovning rasmini o'yin afishasiga joylashtirdi. 



Bundan tashqari, Gradi va Medina kabi markaziy himoyachilar o'yin qaydnomasidan joy olishmagan. Shu bois Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia