⚡️Abduqodir Husanov "Instagram"da "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 iyul 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi va "Energetik-BGU" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiyaga kyetish oldidan klubi bilan xayrlashdi.

Futbolchi "Instagram"dagi sahifasida klub va uning muxlislari bilan xayrlashdi. 

"Energetik" klubining hurmatli xodimlari, muxlislari va unga aloqador barcha-barchaga 

"Men, Minskda o'tkazgan davrim uchun barchangizga rahmat deyman. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz sabab men ham futbolchi, ham inson sifatida o'sishga erishdim - yangi chaqiruvlarga tayyor bo'ldim. Mana shunday chaqiruvlardan biri oldimda turibdi. 

"Energetik" klubiga men ko'pchilik tanimaydigan, o'zbekistonlik yosh futbolchi sifatida kelgandim. Bu erdan esa yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati g'olibi, U-20 Jahon chempionati ishtirokchisi hamda milliy terma jamoa a'zosi sifatida ketyapman. 

Bunda men bilan elkama-elka turgan, turli vaziyatlarda menga yordam bergan va kundan-kun o'sib borishimga imkon yaratib bergan barchaning xissasi bor.

Jamoadoshlarim va "Energetik-BGU" murabbiylar shtabiga rahmat. Professional jihatdan o'sishimda muhim rol o'ynagan Yurevich Anatoliy Ivanovichga alohida tashakkur izhor qilaman.  

"Energetik" menga katta futbol uchun yo'l ochib berdi va shu sababli klub yuragimdan alohida o'rin oladi. 

Barchangizga katta rahmat! Abduqodir Husanov.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia