Abduqahhor Xojiakbarov: "JCHda Dani Alveshga muxlislik qilaman"

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014, 18:13
Jahon chempionati o'yinlari boshlanishi oldidan Olmaliq himoyachisi Abduqahhor Xojiakbarov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Yoshligimdan Braziliya terma jamoasiga muxlislik qilib kelganman. Bugun boshlanadigan JCHda ham aynan mezbonlarga ishqibozlarga ishqibozlik qilaman. Chunki ularning o'yini menga yoqadi.

- O'zim himoyachi bo'lganim uchun ham futbolchilardan Dani Alveshning o'yinini yoqtiraman. Shuning uchun jahon chempionati davomida uning o'yinlarini diqqat bilan kuzataman.

- Menimcha musobaqa kashfiyoti Belgiya terma jamoasi bo'lsa kerak, - deydi Xojiakbarov.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia