Abdumajid Toirov: “Neftchi”ning taklifni rad etib bo'lmasdi”

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013, 21:46
Tajribali himoyachilaridan biri – Abdumajid Toirov “Neftchi” murabbiylar shtabida ish boshlagani haqida xabar berib o'tgandik.
Bugun klub bazasida Toirovlar sulolasining to'ng'ich vakili bilan qisqacha suhbatlashdik. 

- Birinchi davradan keyin faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. To'g'ri, yana bir-ikki yil futbol o'ynashga qurbim etardi. Ammo hamma narsaning o'z vaqti-soati bor. Bundan tashqari, “Neftchi”dan tushgan taklifni rad etib bo'lmasdi. Sergey Kovshov, Amet Memet, Eldar Sakaev kabi murabbiylaridan o'rganadigan narsalar ko'p. O'ylaymanki, olgan saboqlarim kelajakdagi faoliyatimga qo'l keladi”, deydi Abdumajid Toirov.

“Neftchi” PFK Matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz