Abdullox Olimov: “Neftchi”ga o'zimni ko'rsatish uchun keldim”

Nadirkhuja Yuldashev
20 fev 2014
O'zbekiston yoshlar terma jamoasidagi o'yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan Abdullox Olimov yangi mavsumni ijara asosida “Neftchi”da o'tkazishidan xabaringiz bor.
Bu futbolchi ham ayni damda mashg'ulotlarda zo'r berib shug'ullanmoqda.

“Har kuni, har xil mashg'ulot o'tkazilmoqda. Shuning uchun ular qiziqarli bo'lmoqda. Ushbu yig'inning foydasi juda katta. Bu yerda kuchli jamoalar bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazish mumkin. Qolaversa, mashg'ulotlar o'tkazish uchun yaxshi maydonlar bor. Ob-havo ham qulay.

“Neftchi”da o'ynashni bolaligimdan orzu qilardim. Ushbu niyatim amalga oshganidan xursandman. Chempionat davomida yaxshi o'ynab farg'onalik muxlislarning mehrini qozonishga harakat qilaman”

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: fcneftchi.uz