Abdullox Olimov: "Har bir o'yinga gol uraman deb tushaman"

Ikkinchi davra boshlanishiga xam oz qolmokda. Shu munosabati bilan bir kancha klublarimiz o'rtoqlik o'yinlari orqali tayyorgarlik ko'rishni boshlab yuborishdi.
 Bugun ularning dastlabkisi bo'lib o'tdi. Unda Neftchi jamoasiga Paxtakor rakiblik kildi. O'yinda kuchlar teng keldi 1-1. Uchrashuvdan so'ng Paxtakorning yagona gol muallifi Abdullox Olimov bilan bog'landik.

- Salom Abdullox. Bugun Paxtakor yangilangan Neftchi bilan baxs olib bordi. O'yin xakida nima deya olasiz?

- O'yin juda yaxshi bo'ldi. Neftchi jamoasining o'yinni kuchaygandek tuyuldi. O'ylaymanki Neftchi jamoasi shu o'yinini davom ettirsa ikiinchi davradan kuchlilar katoriga ko'shilishi tabiiy.

- Siz bugun Neftchi jamosi darvozasiga tup kiritdingiz. Taassurotlar kanday?

- Men gol urib jamoamga foyda keltirganimdan xursanman.

-Ikkinchi davrada nechta gol urishni rejalashtirayapsiz?

- Men bu savolga bir narsa deya olmayman. Lekin yaratgandan so'raymanki xar bir o'yinga tushishdan avval maydonga gol uraman deb tushaman.

- Paxtakor jamoasi ikkinchi davrada kuchaygan xolatda bo'ladimi? Ijaradan kimlar kaytdi?

Albatta kuchayadi. Fakatgina Sherzod Karimov jamoamiz safiga ijaradan kaytarildi. Jamoamizga yana Anvar Soliev xam kelib ko'shildi. Jamoamiz ikiinchi davraga qo'ygan maqsadi jiddiy.

- Mazmunli suxbatingiz uchun raxmat.

Komiljon Ikromov suhbatlashdi

Manba: championat.asia