Abdulloh Olimov “Neftchi” ko'rigida

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2014, 09:40
“Paxtakor” jamoasing yosh yarim himoyachilaridan biri bo'lgan Abdulloh Olimov “Neftchi” jamoasining Toshkentdagi yig'iniga borib qo'shildi.
“Neftchi” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik davomida bir qancha yangi o'yinchilarni ko'rikdan o'tkazmoqda. Shu qatori mahalliy yosh istedodlarga ham e'tiborni qaratishayotgani quvonarli holat albatta. Kuni kecha “sherlar” tarkibidan asli farg'onalik bo'lgan yarim himoyachi Abdulloh Olimov farg'onaliklar safiga kelib qo'shilgan. Futbolchini o'zi bilan bog'langanimizda, hali shartnoma tuzilmagani haqida ma'lumot oldik. Ma'lum bo'lishicha, yangi kelishi kutilayotgan futbolchilar bilan shartnomalar Toshkent yig'inida emas jamoa Farg'onaga borganda tuziladi.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” jamoasi 28 yanvar kuni Toshkent yig'inini yakunlab Farg'onaga qaytadi. Shundan so'ng 2-7 fevral kunlari Farg'ona “Hokimi kubogi” bahslarida qatnashishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif