Abdixoliqov gol urgan o'yinda "Energetik-BGU" muhim ochkolarni boy berdi, ammo...

Mirjalol Normatov
27 iyun 2022, 23:13
Belarus chempionatining 12-turida "Energetik-BGU" o'z maydonida autsayderlardan biri Mogilyovning "Dinamo" jamoasini qabul qildi.

Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Abduqodir Husanovning pasidan keyin Bobir Abdixoliqov raqib postini ishg'ol qildi. Ammo 67-daqiqada Roman Volkovning goli bahsda so'nggisi bo'ldi. Yakuniy hisob 1:1. Shunga qaramay "Energetik-BGU" turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi. Bobir Abdixoliqov esa 12 gol bilan to'purarlar reytingida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia