ABC: Real Falkaoni 12 million evro evaziga ijaraga oladi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2014
Real Monako bilan hujumchi Radamel Falkao borasida kelishuvga erishdi.
Ushbu kelishuv Madrid klubi prezidenti Florentino Peres va monegasklar vice-prezidenti Vadim Vasilev o'rtasidagi muzokaralar vaqtida amalga oshdi.

ABC nashrining xabariga ko'ra, Real Falkaoni bir yilga 12 million evro evaziga ijaraga oladi. Madrid klubida keyingi yil uni 33 millionga to'liq sotib olish huquqi ham bo'ladi.

Bu transfer kolumbiyalik futbolchi transfer oynasi yopilishiga qadar jarohatidan to'liq qutulsagina amalga oshadi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru