Abbosbek Fayzullaevning "Vilyarreal"ga o'tayotgani tasdiqlanmadi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2024, 01:07
O'zbekiston milliy terma jamoasi va SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Ispaniya klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar chiqdi.

Marca nashri chop etgan xabarga ko'ra, Fayzullaev "Vilyarreal" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan va endi klublar transfer bo'yicha kelishib olishlari kerak. Biroq championat.asia sayti bu xabarni hech bir rasmiydan tasdiqlay olmadi. 


Saytimiz dunyoga mashhur insayder Janluka Di Marcio bilan bog'landi va bu borada qanday ma'lumot borligi haqida qiziqdi. Insayder ham bu xabarni tasdiqlay olmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia