Abbosbek Fayzullaev: "O'zbekistondagi uyimga muxlislar borishni boshladi"

Mirjalol Normatov
5 noya 2023, 15:11
SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaevga klub matbuot xizmati O'zbekistondagi mashhurlik haqida savol berdi.

- O'zbekistondagi mashhurlikni doimo his qilib turasanmi?

- Yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatidan keyin men haqimda ko'pchilik bilib, uyimga borishni boshladi. To'g'risini aytsam, yimda juda kam bo'laman. Shunchaki taqvim juda tig'izlik qiladi.

- Sen kelganingdan keyin SSKA ijtimoiy tarmoqlarini o'zbeklar yondirib tashlashyapti. Sen haqingdagi istalgan postga minglab o'zbekistonliklar "komment" yozishmoqda.

- Bizda doimo shunaqa. O'zbekistonliklar xalqaro miqyosda o'ynayotgan barcha futbolchilarni kuzatib, klub ijtimoiy tarmoqlarida qo'llab-quvvatlab turishadi. Bu bizning qonimizda bor, - dedi Fayzullaev.

Avgust oyida SSKA Fayzullaevni "Paxtakor"dan 500 ming evroga sotib olgandi. Moskva klubining navbatdagi uchrashuvi "Pari NN"ga qarshi bugun soat 18:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal