Abbosbek Fayzullaev Olimpiadaga boradimi? SSKA bosh murabbiyi bu haqida fikr bildirdi

Khoja
24 iyun 2024, 09:16
SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich Abbosbek Fayzullaev qachondan moskvaliklar yig'iniga qo'shilishi haqida fikr bildirdi.

Abbosbek Fayzullaev olimpiadada ishtirok etishi lozim, shundan so'ng u bizning safga qo'shiladi. Ungacha mavsumga Abbossiz tayyorgarlik ko'ramiz. Umuman olganda hozirda 7 nafar futbolchi yig'inlarda ishtirok etmayapti, - dedi Nikolich.

Eslatib o'tamiz., futbol bo'yicha Olimpiada bahslari 24 iyuldan 10 avgustga qadar Fransiyada bo'lib o'tadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com