Abbos Maxstaliev va Doniyor Usmonov "Navbahor" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2017, 14:27
Namanganning "Navbahor" klubi yozgi transfer bozoridagi ilk xaridlarni amalga oshirdi.

"Neftchi" klubi yarim himoyachisi Abbos Maxstaliev va "Olmaliq" hujumchisi Doniyor Usmonov ikkinchi davrani "Navbahor" safida o'tkazishadi. Bu xabarni klub bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ham tasdiqladi.

Maxstaliev birinchi davrada 14ta o'yinda maydonga tushdi. Usmonov esa 4ta o'yinda jami 58 daqiqa harakat qildi.

 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia