Abbos Fayzullaev: "Golimni ota-onam, tog'am va yangamga bag'ishlayman"

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2023, 23:20
O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan (5:1) so'ng uchrashuvda o'z hisobiga gol yozib qo'ygan Abbos Fayzullaev ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.

Abbos Fayzullaev: "Men uchun unutilmas kun bo'ldi, chunki terma jamoadagi birinchi golimni urdim. Golimni ota-onam, tog'am va yangamga bag'ishlayman. Bizni Eronga qarshi juda muhim bahs kutib turibdi, bugundan o'sha uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Raqib jamoaning ko'plab futbolchilari jismonan baquvvat va gavdagi o'yinchilar edi. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Yo'q, o'z poziciyamga tushdim va o'zimni qo'lay his qildim.

- Bugun terma jamoa safida gol urgan 108-futbolchiga aylandingiz...

- Juda xursandman, orzularimdan biri amalga oshdi. Endi ko'plab gollar uraman deb umid qilaman.

- Turli yoshdagi terma jamoalarda gol urgansiz, hissiyotlar bir-biridan farq qiladimi?

- Kattalar terma jamoasida gol urish yoqimliroq bo'lsa kerak.

- Terma jamoalar safidagi sevimli golingiz?

- Osiyo Kubogi 1-turida jarima zarbasidan urgan golim.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia