A Seriyaning joriy mavsum ramziy jamoasi tuzildi

Alisher
25 dek 2020, 16:13
Italiya chempionati 15-turning ilk o'yini bo'lib o'tadigan 3 yanvarga qadar tanaffusga ketdi.

WhoScored statistikasiga ko'ra, A Seriyaning joriy mavsumidagi eng yaxshi o'yinchi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu (7,8) bo'lib turibdi.

Mavsumning eng yaxshilaridan quyidagi o'yinchilar o'rin egallagan: Andrea Konsili ("Sassuolo", 7.1), Xuan Kuadrado ("Yuventus", 7.2), Rojer Ibanes ("Roma", 7.1), Kristian Romero ("Atalanta", 7.1), Teo Ernandes ("Milan", 7.6), Domeniko Berardi ("Sassuolo", 7.6), Rodrigo De Paul ("Udineze", 7.6), Genrix Mxitaryan ("Roma", 7.5), Xakan Chalxanoglu ("Milan", 7.6), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", 7.8), Andrea Belotti ("Torino", 7.6).

A Seriya jadvalida hozircha "Milan" yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'ringa "Inter" joylashgan, uchlikni esa "Roma" yakunlab beradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: WhoScored