A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi himoyachi ekan

Aslanov Jasurbek
7 sen 2017, 14:47
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi va "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain A Seriyada boshqalardan ko'p pul topadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bonuchchining maoshi 8 mln. evro, Iguainniki esa - 7,5 mln. evro, biroq italiyalikning shartnomasida bonuslar bor va maosh 10 mln. evroga yetishi mumkin.

Eng ko'p maosh oluvchilarning uchinchi o'rnini "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala (7 mln. evro) egallab turibdi.

A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi 5 futbolchisi:

Leonardo Bonuchchi ("Milan") - 8 mln. evro

Gonsalo Iguain ("Yuventus") - 7,5 mln. evro

Paulo Dibala ("Yuventus") - 7 mln. evro

Duglas Kosta ("Yuventus") - 6 mln. evro

Janluiji Donnarumma ("Milan") - 6 mln. evro


A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi 2 murabbiyi:

Massimiliano Allegri ("Yuventus") - 7 mln. evro

Luchano Spaletti ("Inter") - 4 mln. evro

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport