A Seriya. "Yuventus" so'nggi lahzalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Оқил Абдубарноев
12 sen 2022, 01:52
Italiya A Seriyasining 6-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Salernitana" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvni mehmonlar faol boshladi va dastlabki taymdayoq ikkita gol urdi. Biroq turinliklar ikkinchi taymda o'ziga keldi va so'nggi lahzalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Mezbonlar uchinchi golni ham kiritgandi, ammo hakam ofsayd sababli golni inobatga olmadi.


Yuventus – Salernitana 2:2 (0:2, 2:0)

Gollar: 0:1 – 18 Kandreva, 0:2 – 45, penalti Pentek, 1:2 – 51 Bremer, 2:2 – 90 Bonuchchi.

Yuventus – Perin, Bonuchchi, Bremer, De Shilo (Aleks Sandro, 63), Paredes, Makkenni (Soule, 84), Miretti (Fadjoli, 63), Kuadrado, Kostich (Danilo, 79), Kin (Milik, 46), Vlaxovich.

Salernitana – Sepe, Fasio, Bronn, Danilyuk, Maccokki, Kandreva, Vilena (Sambiya, 90), Kulibali, Madjore (Kastanos, 81), Pentek (Butxeym, 61; Domber, 90), Dia (Bonaccoli, 81).

Ogohlantirishlar: Paredes (27), Kin (32), Madjore (38), Bremer (45), Fasio (53), Pentek (55), Sepe (72), Milik (83).

Chetlatishlar: Milik (90), Kuadrado (90), Fasio (90).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia