A Seriya. Yuventus o'z maydonida Bolonyani yirik hisobda taslim etdi

Og'abek Samisov
3 okt 2022, 02:01
Italiya A Seriyasining 8-turidan o'rin olgan uchrashuvlardan biri Turinda o'tkazildi.

Unda Yuventus jamoasi o'z maydonida Bolonyani qabul qildi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Filipp Kostich hisobni ochdi, ikkinchi bo'lim avvalida esa Dushan Vlahovich hisobni oshirdi. O'yinning 62-daqiqasi o'tib borayotgan bir vaqtda Arkadiush Milik hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. 

Ushbu g'alabadan keyin Yuventus ochkolarini 13 taga etkazib olgan holda 7-pog'onaga ko'tarildi.

Yuventus – Bolonya 3:0

Gollar: 1:0 – 24 Kostich, 2:0 – 59 Vlaxovich, 3:0 – 62 Milik.

Yuventus: Shchensni, Danilo, Bonuchchi, Bremer, Aleks Sandro, Makkenni (Kuadrado, 60), Kostich (Paredes, 60), Rabo (De Shilyo, 77), Lokatelli (Miretti, 77), Milik (Kin, 81), Vlahovich.

Bolonya: Skorupski, De Silvestri (Kambyazo, 61), Bonifaci, Sosa, Likoyannis, Soriano (Fergyuson, 77), Sxauten (Ebisher, 77), Dominges (Medel, 61), Arnautovich, Sansone (Vinyato, 61), Orsolini.

Ogohlantirish: Sosa (90).

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia