A Seriya to'purarlaridan biriga Arsenal va Liverpul asosiy da'vogar

Khoja
24 fev 2025, 10:41
Atalanta hujumchisi Ademola Lukman faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Unga APLning grand jamoalari qiziqish bildirmoqda. 27 yoshli futbolchiga Arsenal va Liverpul asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Atalanta hujumchisini 60-65 million evroga sotishga tayyor. Futbolchining o'zi ham Italiyani tark etishga qarshi emas.

Ma'lumot uchun, Lukman joriy mavsum 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com