A Seriya to'purari qachon "Real"ga o'tishi ma'lum bo'ldimi?!

Tolibjon Qosimov
7 dek 2017
"Diario Gol" nashrining xabar berishicha, "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi yanvar oyida "Real" futbolchisiga aylanadi.

"Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres transferga 70 million funt ajratishga tayyor. Yana manbaning keltirishicha, Ikardi 26 dekabrda yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tadi. O'yinchining o'zi "Real"ga transferi mavzusiga rasman izoh bermadi.


Joriy mavsum Mauro Ikardi A Seriyaning 15 o'yinida 16ta gol urdi. Ma'lum qilinishicha, unga "Real"da zaxiradan o'yinni kuchaytiradigan Alvaro Morataning o'rinbosari sifatida qarashmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: diariogol.com