A Seriya. So'nggi daqiqadagi urilmagan penalti tufayli "Inter" g'alabani saqlab qoldi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2024, 19:09
A Seriyaning 19-turidan o'rin olgan "Inter" - "Verona" uchrashuvi yakuniga etdi.

Inter – Verona 2:1 (1:0, 1:1)

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar: 1:0 – 13 Martines, 1:1 – 74 Anri, 2:1 – 90 Frattezi.

Inter – Zommer, Dumfris (Darmian, 61), Acherbi, Pavar (Sanches, 83), Bastoni, Karlos Augusto (Dimarko, 72), Mxitaryan (Frattezi, 83), Chalxanoglu, Barella, Tyuram (Arnautovich, 73), Martines.

Verona – Montipo, Manyani, Koppola, Doyg (Kabal, 73), Duda, Folorunsho, Suslov (Sharlis, 90), Tshatshua, Jordi Mboula (Lazovich, 46), Ngonj (Kallon, 87), Djurich (Anri, 73).

Ogohlantirishlar: Koppola (77), Suslov (78).

Chetlatish: Lazovich (90).


90+10 daqiqada mehmonlar vakili Anri penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq u bergan zarbadan so'ng to'p ustunga tegib qaytdi, qaytgan to'pga yana bir "Verona" futbolchisi zarba berdi, u ham noaniq bo'ldi.


"Inter" A Seriyada ketma-ket 13ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Ushbu 13ta uchrashuvning 10tasi g'alaba, 3tasi durang bilan yakun topdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia