Mourinyo mag'lubiyatning sababini aytdi

Mirjalol Normatov
12 noya 2018, 00:30
"Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz yomon o'ynadik deb ayta olmayman. Shunchaki qilgan xatolarimizni to'lovini amalga oshirdik.

O'tkazilgan barcha uchala gol - bizning xatolarimiz. "Manchester Siti" kabi jamoalarga qarshi o'yinlarda bunday qilmaslik kerak.

Biz qiyin o'yinlarni o'tkazdik. Gap jismoniy holatda emas, ruhiy tayyorgarlikda. Yigitlarimning bir nechasi bu borada o'yinga tayyor bo'lmadi.

"Yuventus" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ularga qarshi 90 daqiqa harakat qilish juda og'ir. "Siti" esa oson o'yinda "Shaxtyor"ni 6:0 hisobida mag'lub etdi", - dedi Mourinyo

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia