A Seriya. "Lacio" o'z maydonida kutilgan g'alabaga erishdi va "Inter" bilan oradagi farq 8 ochkoga etdi

Mirjalol Normatov
29 fev 2020, 21:01
A Seriyaning 26-turi doirasida "Lacio" o'z maydonida "Bolonya"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Shu orqali "Inter" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil qilmoqda. Biroq milanliklarning zaxirada 2 o'yini bor. Ushbu tur doirasidagi "Yuventus" - "Inter" uchrashuvi esa boshqa kunga qoldirilgan.

Lacio – Bolonya 2:0

"Stadio Olimpiko"

Gollar: 1:0 – 18 Luis Alberto, 2:0 – 21 Korrea.

Lacio – Strakosha, Luis Felipe, Radu, Gabarron, Laccari, Luis Alberto (Parolo, 61), Milinkovich-Savich, Korrea (Kataldi, 75), Leyva, Xoni Rodriges, Immobile (Kaysedo, 84).

Bolonya – Skorupski, Tomiyasu, Densvil, Larangeyra (Olsen, 71), Bani, Sxauten (Sansone, 58), Poli, Soriano, Orsolini (Santander, 59), Palasio, Barrou.

Ogohlantirish: Bani (4), Sxauten (11), Larangeyra (54), Santander (64), Radu (83).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia