A Seriya klublari va "Atletiko" Luis Suaresga qiziqmoqda

Alisher
22 apr 2020, 17:10
"Saragosa" hujumchisi Luis Suares faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Napoli" va "Lacio" 22 yoshli forvardning xaridiga qiziqish bildirmoqda. O'yinchiga shuningdek "Atletiko" ham befarq emas.

Suares ayni paytda ijara asosida "Saragosa"da o'ynamoqda. Uning transfer huquqi "Uotford"ga tegishli.

Kolumbiyalik futbolchi joriy mavsum "Saragosa" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo