A Seriya klubi Manjukich uchun kurashga qo'shildi

Alisher
10 iyul 2020, 10:21
Xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

O'yinchiga "Fiorentina" klubi qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, forvardga Moskvaning "Lokomotiv" klubi ham befarq emasligi aytilgan edi.

Manjukichning xizmatlariga boshqa italyan klublari qatori Turkiyaning "Fenerbaxche" va "Galasaroy" klublari ham qiziqmoqda. O'yinchining o'zi Italiyaga qaytmoqchi.

Manjukich qishda erkin agent maqomida "Al Duhayl" bilan 2021 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi. Futbolchi jamoada safida 7ta o'yinda maydnoga tushib, 1ta gol urgan. Mario bundan oldin "Bavariya", "Atletiko" va "Yuventus" klublari sharafini ham himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fiorentinanews.com