A Seriya klubi Luka Yovichni yanvarda ijaraga olishi mumkin

Alisher
19 sen 2019, 11:42
"Real" hujumchisi Luka Yovich faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchi yanvarda "Inter" tomonidan ijaraga olinishi mumkin.

Yovichning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Yovich 4 iyunda "Real" o'yinchisiga aylangan edi. "Qaymoqranglilar" "Ayntraxt"ga futbolchi uchun 60 million evro to'lagan.

Yovich 2018/19 yilgi mavsum "Ayntraxt" safida 48ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 7ta assistga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato