A Seriya klubi "Lokomotiv" futbolchisi uchun 20 million evro to'lashga tayyor

Alisher
12 okt 2019, 13:50
Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

29 yoshli polyak futbolchisi bilan "Roma" shartnoma imzolamoqchi.

"Bo'rilar" o'yinchini qishki transferlar oynasida xarid qilishmoqchi.

Qayd etish kerakki, rimliklar "Lokomotiv" o'yinchisi uchun 20 million evrodan voz kechishga tayyorlar.

Gjegoj faoliyati davomida "Lokomotiv"dan tashqari "Bordo", "Reyms", "Nant", "Reyms", "Sevilya", PSJ va "Vest Bromvich" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ФАН