A Seriya klubi Di Mariyani xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2018, 11:08
PSJ hujumchisi Anxel Di Mariya faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga "Inter" da'vogarlik qilmoqda. Milan klubi 30 yoshli argentinalikni yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq argentinalik futbolchi PSJda qolishi yoki qolmasligi haqida bir qarorga kelmaganini aytgan edi.

Di Mariya so'nggi mavsum PSJ safida 45ta o'yin o'tkazib, 21ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FOX Sports