A Seriya. "Inter" "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuvda jangovar durang qayd etildi

Nozimov Nig'monxo'ja
27 noya 2023, 07:31
Italiya A Seriyasi 13-turining markaziy o'yini Turinda bo'lib o'tdi.

Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Inter Yuventus mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 27-daqiqasida Vlahovich mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 33-daqiqada Martines hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Shu tariqa, markaziy bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. Inter 32 ochko bilan 1-o'rinda, Yuve 30 ochko bilan 2-o'rinda qoldi.

A Seriya. 13-tur

Yuventus – Inter 1:1

Gollar: 1:0 – 27 Vlahovich, 1:1 – 33 Martines.

Yuventus – Shchensni, Kambyazo, Rugani, Bremer, Gatti, Aleks Sandro, Kostich, Rabo, Nikolussi-Kavilya (Lokatelli, 61), Makkenni, Keza (Milik, 80), Vlahovich (Kin, 80).

Inter – Zommer, Dumfris (Kuadrado, 70), Darmian, de Vrey, Acherbi, Dimarko (Karlos Augusto, 70), Frattezi, Mxitaryan, Chalxano'g'lu (Aslani, 83), Barella, Arnautovich, Tyuram, Martines.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com