A Seriya. Bugun “Speciya” safarda o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
26 fev 2023, 08:50
Bugun, 26 fevral kuni Italiya chempionatida 24-tur bahslari davom etadi.

Quyi pog'onalarda borayotgan “Speciya” jadval ekvatorida turgan “Udineze” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Eldor Shomurodov mazkur o'yin uchun e'lon qilingan qaydnomadan o'rin egalladi. U yangi jamoasida hozirga qadar uchta bahsda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia