A Seriya. Ronaldu penaltidan gol urgan o'yinda "Yuventus" karantindagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2020
A Seriyaning 27-turidan o'rin olgan "Bolonya" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi.

Ushbu bahsda turinliklar nihoyat g'alabaga erishdi. Gap shundaki, karantin davrida o'tkazgan uchinchi o'yiniga kelib, g'alaba tamini tatib ko'rdi.

Bolonya – Yuventus 0:2

"Renato Dall'Ara"

Gollar: 0:1 – 23, penalti Ronaldu, 0:2 – 36 Dibala.

Bolonya – Skorupski, Densvil, Deyks, Larangeyra, Tomiyasu, Soriano (Dominges, 75), Medel (Poli, 82), Sansone (Kanjano, 82), Svanberg (Palasio, 57), Orsolini (Juvara, 82), Barrou.

Yuventus – Shchensny, De Shilo (Danilo, 66), de Ligt, Bonuchchi, Pyanich (Remzi, 71), Kuadrado, Bentankur, Rabo (Matyuidi, 70), Bernardeski, Dibala (Duglas Kosta, 79), Ronaldu.

Ogohlantirish: Soriano (35), De Shilo (66), Bentankur (69), Danilo (82).

Chetlatish: Danilo (90).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia